14:19 / 11.06.2017
12517

Afsonaviy sprinterning so‘nggi poygasi

Foto: AP

Yengil atletika bo‘yicha sakkiz karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt Kingistonda o‘tkazilgan Racers Grand Prix musobaqasida 100 metrga yugurish bahsi g‘olibi bo‘ldi.

30 yashar sportchi mazkur masofani 10,03 sekund ichida bosib o‘tdi. Boltning faoliyati uchun bu yurtida o‘tayotgan eng so‘nggi musobaqaga bo‘ldi. Useyn g‘alabasidan so‘ng muxlislar olqishi ichida maydonni yugurib o‘tdi. Ana shundan so‘ng borib, finish chizig‘ini o‘pdi.

So‘nggi vaqtlarda Bolt sportdagi faoliyatini yakunlagach, siyosat olamida paydo bo‘ladi, degan ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Ammo bunday emasligi oydinlashdi. Bu haqda sportchining o‘zi “Reyter” agentligi bilan o‘tkazilgan suhbatda aytib o‘tgan.

“Men oldin ham aytgan edim – siyosat men uchun emas. Men imkonim qadar siyosatdan o‘zimni yiroq olib kelganman”, - degan u. Agentlikning xabar berishicha, Yamayka bosh vaziri Endryu Xoulness Boltga hukumatda ishlashni taklif qilgan, ammo sportchi rad etgan. 

RT’ning eslatishicha, Bolt joriy yilning 5-23 avgust kunlari Londonda o‘tadigan jahon chempionatidan so‘ng faoliyatini to‘la yakunlashga qaror qilgan.

Mavzuga oid
Top