22:58 / 11.06.2017
28292

Chayqalish kasalligi - belgilari va oldini olish yo‘llari

Foto: Getty Images

Dengiz, avtomobil, vagon, havoda chayqalish - bu kasallikni qanday atashmaydi deysiz! Bu holatning mohiyati bir - yoqimsiz belgilar bilan kuzatiluvchi chayqalish. Katta yoshdagilarning 30 foizi va bolalarning 60 foiziga bu kasallik tanish. Biroq "dushman"ni bilib turib, unga qarshilik qilish ham oson emas. "Ortodoks" tibbiy portalida shu mavzudagi qiziq maqola taqdim etildi. 

Aslida kinetoz yoki harakat kasalligi - bu organizmning noodatiy harakatlarga normal reaksiyasi. Biroq bu hammada ham chayqalish kasalligini yuzaga keltirmaydi, belgilar faqatgina shunga moyilligi bo‘lgan insonlarda kuzatiladi. Chayqalish vaqtida va tana holati o‘zgarganda vestibulyar apparat hamda ko‘rish tahlilining muvofiqlashuvi ro‘y beradi, bu esa yoqimsiz belgilarning paydo bo‘lishiga olib keladi. 

Yuzaga kelgan belgilarga qarab harakat kasalligining bir necha shakli farqlanadi.

Asabiy. Uning asosiy belgilari - bosh aylanishi, boshdagi og‘irlik hissi, bosh og‘rig‘i, holsizlanish, uyqu kelishi.

Oshqozon-ichak. Unga ta'm bilishdagi o‘zgarishlar, ko‘ngil aynishi va qayd qilish xos.

Yurak-qon tomir. Bunday holatlarda yurakning tez urishi, arterial qon bosimning ko‘tarilishi, yurak ritmining buzilishi kuzatilishi mumkin.

Aralash. Eng ko‘p uchraydigan turi, ko‘pichna turli belgilar aralash holatda kuzatiladi. Chora ko‘rish vaqti keldi!

Dengiz kasalligining qurboni bo‘lishni istamaysizmi? Unda sayohatga oldindan tayyorlaning.

Sayohatga chiqishdan oldin quyidagi qoidalarga amal qiling:

- to‘yib uxlashga harakat qiling. Parvozga bir necha kun qolganda uyqu davomiyligini 15 daqiqaga uzaytiring;

- to‘yib ovqatlanishdan tiyiling. Eng yaxshi variant - yengil tamaddi qilish;

- xolonolitik va antigistamin preparatlarni qabul qiling. Biroq ularni qabul qilishdan oldin qo‘llanmasini yaxshilab o‘qing.

Sayohat vaqtida:

- ko‘proq suyuqlik iching - suvsizlangan organizm chayqalish sindromini qiyinroq o‘tkazadi. Yaxshisi sharbat, limonli choy yoki gazsiz mineral suvini ichish tavsiya etiladi;

- imkon qadar tungi reyslarni tanlang - tungi parvoz yoki tungi dengiz sayohati, qoidaga ko‘ra, kunduzgisidan yengilroq kechadi;

- to‘g‘ri joy toping. Imkon qadar mashinaning old o‘rindig‘ida, kema yoki samolyotning esa o‘rta qismidagi joylarni egallang;

- oyna ortiga ko‘p qaramang, u yerda nimalar bo‘layotganini faol kuzatish tavsiya etilmaydi.

Aytgancha...

Ba'zi kishilarning kinetozlarning turli shakllariga moyilligi muvozanat organi xususiyatlariga bog‘liq. Harakat kasalligi shuningdek bir qator kasalliklarga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ularning orasida Mener kasalligi, migrenning vestibulyar shakli, miya qon aylanishidagi o‘tkir buzilishlar, markaziy asab tizimining infeksion zararlanishi kabilar bor.

Kinetoz ayollarning homiladorlik davrida kuchliroq seziladi. 

Top