00:09 / 11.06.2017
46835

Dunyo haftaligi: “Nishon”dagi Qatar, qonli Tehron, ShHTning yangi a'zolari, Ramzan Qodirovning kutilmagan qarori

Hafta davomida jahonda ro‘y bergan muhim voqealar va yangiliklar Kun.uz dayjestida eslatib o‘tiladi.

Qatar mojarosi

Foto: RIA "Novosti"

Fors ko‘rfazida jiddiy siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv boshqa bir arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Qatar Eronni va terrorizmni qo‘llagani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Qatar xalqaro terrorchilarga 1 milliard dollar to‘lagani ma'lum bo‘ldi

Qatar Airways Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahraynga parvozlarni to‘xtatdi

Fors ko‘rfazi inqirozi fonida neft narxi tusha boshladi

Erdo‘g‘an arab davlatlari bilan ixtilofda Qatarni qo‘llab-quvvatlamoqda

Tramp Fors ko‘rfazi davlatlarini birdamlikka chaqirdi

CNN Qatar mojarosida Rossiyani aybladi

Ushbu voqealar atrofida aylangan boshqa muhim xabarlarning to‘liq talqini bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

ShHTning navbatdagi Sammiti

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

O‘tayotgan haftada Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Sammiti o‘tkazildi. Unda tashkilotga a'zo va kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar rahbarlari ishtirok etdi. Mazkur Sammitda tarixiy voqealar sodir bo‘ldi.

Qozog‘iston va Xitoy rahbarlari nimalarga kelishib oldi?

Ostonada tor doiradagi uchrashuvda ShHT faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Nazarboyev ShHT qanday tashkil topganini esladi

Putin ShHT a'zolarini Suriya va Afg‘onistondagi vaziyatni izga solishda faol harakat qilishga chaqirdi

Ostonada tarixiy qaror qabul qilindi

Ushbu Sammit tafsilotlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin. 

Tehrondagi teraktlar

Foto: Reuters

O‘tayotgan haftaning 7 iyun kuni Eron poytaxti Tehron shahrining bir necha nuqtasida terakt sodir etildi. Ushbu xunrezlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi. 

Tehrondagi teraktlar bo‘yicha ma'lumotlar

Qurbonlar soniga ham oydinlik kiritildi

Eron Tehrondagi teraktlarda Saudiya Arabistonini ayblamoqda

Ushbu teraktlar ortida kimlar turgani ma'lum qilindi

Bu voqealardan so‘ng, Eronda 41 kishi hibsga olindi

Jahonning boshqa nuqtalarida

Foto: dhnet.be

Rossiya Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalarini kuchaytiradi

Tramp FQBga yangi rahbar tanladi

Myanmada bortida yuzdan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan samolyot radardan yo‘qoldi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot dengizga qulagan  va uning bortida 122 kishi borligiga oydinlik kiritilgan. 

Shimoliy Koreya bir nechta raketa uchirdi

Buyuk Britaniyada muddatidan oldingi parlament saylovlari boshlandi va saylovlarning yakuniy natijalari e'lon qilindi

IShID sakkiz mamlakatga yangi teraktlar bilan tahdid qildi

Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkaziladigan sana ma'lum qilindi

Yamanda vabodan o‘lganlar soni 800 nafarga yaqinlashdi

"Chegara bilmas shifokorlar" O‘rta yer dengizida 716 muhojirni qutqarib olishdi

Ostonadagi EKSPO-2017. Kim qanday loyihalar bilan qatnashadi?

Texnologiya

Foto: Inhabitat

Kia yangi ixcham krossoverining dizaynini namoyish qildi

Dunyodagi eng qudratli suzuvchi quyosh elektrostansiyasi ishga tushdi

Xitoyda yaratilgan jangovar mashina suvda yurish bo‘yicha tezlik rekordini o‘rnatdi

Sport

Kiprda tan olinmagan futbol terma jamoalari o‘rtasida Yevropa chempionati boshlandi

Chempionlar Ligasining eng yaxshi 10ta goli e'lon qilindi

«Terek»ka Ramzan Qodirovning otasi nomi berildi

Forbes dunyoning eng qimmat futbol klubi nomini ma'lum qildi

Dunyoning eng katta daromad oluvchi sportchilari ma'lum qilindi

Qiziqarli maqolalar

Foto: RIA "Novosti"

Qatar tashqi ishlar vaziri Moskvaga nega keldi?

Filippinda bir musulmon 64 nasroniyning hayotini saqlab qoldi

Oliver Stoun nima uchun aynan Putin haqida film ishlaganiga izoh berdi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlari. Reyting

Barcha davrlarning eng buyuk filmi nomi ma'lum qilindi

Mavzuga oid
Top