17:40 / 11.06.2017
18169

FIFA Qatarga yordam taklif etdi

Foto: TASS

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Qatar atrofida yuzaga kelgan diplomatik inqiroz sharoitida yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino Shveytsariyadagi Le Matin Dimanche nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Hozir Qatar diplomatik krizisni boshdan kechirayotganini ko‘rib turibmiz. Ammo men mintaqada vaziyat o‘nglanishiga umid qilaman. FIFAning bosh maqsadi futbolni targ‘ib qilish, geosiyosatga aralashish emas. Agar FIFA bu vaziyat barqarorlashuviga hissa qo‘sha olishi mumkin bo‘lsa, o‘z yordamini ayamaydi», degan Infantino.

5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzgani haqida e'lon qildi. Bu davlatlar rasmiy Dohani terrorizmni qo‘llashda aybladi. Keyinroq Liviya, Yaman, Maldiv, Mavritaniya va Komor orollari hukumatlari ham Qatar bilan aloqalarni to‘xtatdi. Shuningdek bu mojaro fonida qator davlatlar Qatardan o‘z elchilarini chaqirib ola boshlagan. Iordaniya va Jibuti ushbu mamlakat bilan aloqalari darajasini pasaytirgan.

Qatarda 2022 yilgi jahon chempionati o‘tkazilishi belgilangan (21 noyabrdan 18 dekabrga qadar). 

Qatarning qo‘shni davlatlar bilan ziddiyati asoratlari - oziq-ovqat, futbol va aviatsiya...

Mavzu
Fors ko‘rfazi inqirozi
Fors ko‘rfazida jiddiy siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv boshqa bir arab davlati Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bunga Qatar Eronni va terrorizmni qo‘llagani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Barchasi
Top