00:22 / 11.06.2017
7509

Iroq politsiyasi Mo‘sulning IShID nazoratida bo‘lgan oxirgi tumanlaridan birini ozod qildi

Iroq politsiyasining jangovar tuzilmalari Mo‘sulning IShID nazoratida bo‘lgan oxirgi tumanlaridan birini ozod qildi. Federal politsiya qo‘mondoni Raiz Shakar Javdatning ma'lum qilishicha, gap Zanjili tumani haqida ketmoqda.

"Biz Zanjili tumanini to‘liq ozod qildik, endi tumanni minalardan tozalash bo‘yicha katta ko‘lamli jarayon boshlanmoqda", deb aytgan Javdat.

Javdatning aytishicha, uning jangchilari ozod qilingan hududda raketa snaryadlari ishlab chiqarilgan sex va katta miqdorda portlatgichlar topishgan.

Mo‘sulni ozod qilish operatsiyasi 2016 yil oktabrdan beri davom etmoqda. Harbiylar avval shaharning sharqiy qismini ozod qilishgan, fevralda esa g‘arbiy qismini ozod qilish operatsiyasini boshlashgan. 

Mavzuga oid
Top