18:00 / 11.06.2017
6821

Ispaniyaning 26 provinsiyasi issiqlik tufayli yuqori darajali xavfdan ogohlantirildi

Foto: RIA "Novosti"

Ispaniya Davlat meteorologiya agentligi (Aemet) issiqlik tufayli yuqori darajali xavfdan ogohlantirdi. 

Aemet ma'lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni mamlakatning to‘qqiz avtonom jamiyatida xavfning "sariq" darajasi e'lon qilingan. Agentlik 12 va 13 iyun kunlari Kastiliya-La-Mancha, Estremadura va Andalusiyada "olovrang" (favqulodda yuqori) darajasini e'lon qilgan. 

Manbaga ko‘ra, ba'zi provinsiyalardagi maksimal harorat 38 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Top