07:22 / 11.06.2017
49283
Britaniya matbuoti: Krishtianu Ronaldu egizak farzandli bo‘ldi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu egizak farzandli bo‘ldi. Egizaklar – Matteo ismli o‘g‘il va Yeva ismli qiz 8 iyunda tug‘ilishgan. Bu haqda Portugaliyaning SIC telekanaliga iqtibos keltirgan holda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Mashhur futbolchi ikkinchi bor ota bo‘lmoqda, uning 6 yoshli Kichik Krishtianu Ronaldu ismli o‘g‘li bor. Ronalduning egizak farzandlari ham birinchi farzandi kabi surrogat onadan dunyoga keldilar.

Egizaklar tug‘ilgani haqidagi ma'lumot Ronalduning o‘zi tomondan ham, uning vakillari tomondan ham rasman tasdiqlanmadi.

Mart oyida AQShda yashovchi surrogat ona homiladorlikning so‘nggi oylarida ekanligi va yaqin orada futbolchi uchun egizaklar tug‘ib berishi ma'lum qilingandi. Futbolchiga yaqin manba egizaklar tug‘ilgach Ronalduning Madrid yaqinidagi villasiga olib kelinishlarini ma'lum qilgandi.    

Top