02:46 / 11.06.2017
12951

Toshkentda talonchilik qilgan shaxs ushlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining xabar berishicha, 2017 yilning 8 iyun kuni taxminan soat 18:50 larda, Jamshid Botirovich Shailxanov, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Sergeli tumani hududida fuqaro Xolidaxon Nodirovani (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) oldiga kelib, bo‘ynidagi bahosi 6.000.000 so‘mlik tilla zanjirini yulib olib, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida, ushbu hududda tungi xizmatni olib borayotgan Sergeli tumani IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 1-qismi (o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
 
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Top