22:15 / 12.06.2017
7031

2017 yilda 125 ming afg‘on o‘z vatanini tark etdi

Foto: AP

BMT dushanba kuni 2017 yilning boshidan buyon davomli mojarolardan keyin 125 ming nafar afg‘on o‘z vatanini tark etishga majbur bo‘lganini ma'lum qildi. 

AQSh Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (GMMB)ning ma'lumotlari so‘nggi ikki haftaning o‘zidayoq 22 ming kishi mamlakatdan chiqib ketganini tasdiqlamoqda. 

Shunday bo‘lsa-da, GMMBda bu ma'lumotlar o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 28 foiz kam ekani ta'kidlangan. 

Tahlilchilarning fikricha, ko‘rsatkichlarning pasayishiga ziddiyatlar asosan bir joyda ro‘y berayotgani, u yerdagi aholi esa allaqachon mamlakatni tark etib bo‘lgani sababdir. Boshqa tomondan esa, qashshoqlikning o‘sishi ko‘p farzandli oilalarda ko‘chish imkonining yo‘qligiga ishora qilmoqda. 

Bugungi kunda Afg‘oniston shaharlarida xavf ortgan - avvallari xavfsiz hisoblangan hududlar bugun notinch. Masalan, Kobul muntazam ravishda "Tolibon" va "IShID" hujumlariga yo‘liqmoqda. Buning natijasida esa yuzlab tinch aholi o‘ldirilmoqda va jarohatlanmoqda. 

 

Top