13:28 / 12.06.2017
8187

Amerikalik senatorlar: Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish kerak

Amerikalik senator Lindsi Gremning ma'lum qilishicha, demokratlar va respublikachilar Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etish niyatida. Bu haqda Politico xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Demokratik partiya vakillari AQSh prezidenti Donald Trampga amaldagi sanksiyalarni yengillashtirishni qonuniy asosda taqiqlab qo‘yishni istashmoqda. «Agarda Tramp qonun loyihasini imzolamasa va Rossiyani jazolamasa, u demokratiyaga xiyonat qiladi», - degan Grem.

Bir necha kun avval Oq uy vakili Sara Sanders Amerika prezidenti ma'muriyati “Rossiyaga qarshi sanksiyalarni Ukraina inqirozi hal etilmagunga qadar saqlash niyatida” ekanini ma'lum qilgandi.  

Top