11:20 / 12.06.2017
9767

Gaz bo‘yicha qarzni pulga yopib bermoqchi bo‘lgan “Jizzaxshahargaz” filiali nazoratchisi qo‘lga olindi

“Jizzaxshahargaz” filiali nazoratchisi lavozimida ishlagan Tolibjon Ahmedov tabiiy gaz iste'molchilarining ishonchiga kirish, amalga oshirilgan to‘lov summalarini aldash yo‘li bilan o‘zlashtirishni maqsad qilgan nafsi buzuqlardan bo‘lib chiqdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Jinoiy rejasini amalga oshirish maqsadida u nazoratidagi hududda istiqomat qiluvchi Z.Xudoynazarovaning xonadoniga keldi. Gaz hisoblagich ko‘rsatkichi va to‘lov pattalarini solishtirib, iste'molchining korxonadan 1 mln. 600 ming so‘m qarzi borligini aniqladi. Aytgan “qarz” summasini 600 ming so‘m bilan “yopib berishga” ishontirdi.

Biroq, uning bu tamagirligi o‘ziga dushman bo‘ldi. Iste'molchi bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, ularni ogohlantirdi. Tezkor tadbirda Tolib Ahmedov 600 ming so‘m pulni olayotganda qo‘lga olindi.

Sud Tolib Ahmedovni aybli deb topdi va u tegishli jazosini oldi. 

Top