13:34 / 12.06.2017
11943

Qariyb 26 mln so‘mlik o‘g‘irlik fosh etildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkentda 25 million 714 ming so‘mlik o‘g‘irlik fosh etildi. Toshkent IIBB bergan xabarga ko‘ra, Obid Kamilovich Kazakov 2017 yil 7 iyun kuni taxminan soat tonggi 5larda o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Yashnobod tumani hududida joylashgan xususiy korxona binosiga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. O‘g‘ri u yerdan fuqaro Baxtiyor Umarovga tegishli bo‘lgan bahosi 25 mln 714 ming so‘mlik mol-mulkni o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan.  Shu vaqtda ushbu hududda tungi xizmatni olib borayotgan Yashnobod tumani IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini uy-joyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Shu munosabat bilan, Toshkent IIBB yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlarini so‘raydi. 

Top