19:50 / 12.06.2017
36571
Oqqo‘rg‘on tumanida «to‘rtlik» ishdan olinishi kutilmoqda

12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. 

Videoselektorda Xorazmning sobiq hokimi, hozirda Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimini egallab turgan Ollobergan Olloberganov va tumandagi "to‘rtlik" faoliyati keskin tanqid qilinib, bunday faoliyat yuritayotgan xodimlar ishdan olinishi kerakligi ta'kidlandi. 

Qayd etish joizki, O‘zbekistonda endilikda muayyan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun faqatgina hokimning o‘zi javob bermayapti. Qaysi tuman yoki shaharda hokim ishdan olinadigan bo‘lsa, «to‘rtlik»ning barcha vakillari — hokim, prokuror, militsiya boshlig‘i, DSI boshlig‘i ishdan ketmoqda. Bu jamoaviy javobgarlik sifatida hisoblanmoqda.

Oldinroq, videoselektorda Samarqand viloyati hokimi Himmat Qo‘chqorovich Oqbo‘tayev lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilingan edik. 

Top