15:53 / 12.06.2017
29389

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3900 so‘mdan oshdi

Illyustrativ surat. Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 13 iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 

1 AQSh dollari - 3903,19 so‘mni, 1 Yevro - 4393,66 so‘mni tashkil etgan. AQSh dollari o‘tgan haftaga nisbatan 28,71 so‘mga qimmatlashgan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Top