08:13 / 12.06.2017
8694

JCh-2018 saralashi, I guruhi. Islandiya Rossiyaga ham kelishi mumkin

JCh-2018 saralashi doirasida Yevropada 6-tur uchrashuvlari davom ettirildi. I guruhida ishtirok etayotgan Islandiya muhim uchrashuvni o‘z foydasiga hal etdi.

Bu turda oxirgi Yevropa chempionati qahramonlari bo‘lmish Islandiya Xorvatiyani qabul qilib, 1:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

90-daqiqada Xordur Magnusson g‘alaba golini urdi. Endilikda Islandiya ochkolari sonini 13taga yetkazdi va guruhda xorvatlar bilan birinchi va ikkinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

Parallel kechgan guruhning boshqa bir uchrashuvida Turkiya yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi. Albaniyaning Shkodere shahrida Kosovoga qarshi kechgan uchrashuvda turklar 4ta gol urdi. G‘oliblar safida gollarga Vulqon Shon, Jyenginz O‘ner , Buraq Yilmaz va O‘zan To‘fon muallif bo‘lgan, kosovoliklarning yagona javob goli Amir Rraxmani hisobiga yozilgan.

Bu natijadan keyin Turkiya 11 ochko bilan uchinchi o‘rinda, Kosovo 1 ochkosi bilan oxirgi o‘rinda.

Guruhning uchinchi uchrashuvida Finlyandiya Ukrainaga o‘z maydonida yutqazdi. Tampere shahrida kechgan uchrashuvdan ukrainlar 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishdi.

Ukrainlar ikkinchi bo‘lim boshida hisobda oldinga chiqishdi  — 51-daqiqada Yevgeniy Konoplyanka aniq zarba berdi. Finnlar 72-daqiqada javob golini urishdi — zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Yoel Poxyanpalo hisobni tenglashtirdi. 3 daqiqa o‘tib esa Artyom Besedin jamoasiga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Bu g‘alaba Andrey Shevchenko shogirdlari guruhda 11 ochko to‘plagan holda Turkiya bilan uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi, Finlyandiya 1 ochkosi bilan beshinchi o‘rinda joylashgan.

JCh-2018 saralashi, Yevropa
6-tur

Islandiya – Xorvatiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Magnusson.
Islandiya – Haldersson, Sigurdsson (Ingason, 90), Magnusson, Sevarsson, Arnason, Hadlvredsson, Gunnarsson, Sigurdsson, Gudmundsson, Byarnason (Gislason, 81), Finnbogason (Sigurdarson, 77).
Xorvatiya – Kalinich, Lovren, Pivarich, Yedvay, Vida, Modrich, Badel, Kovachich, Perishich, Manjukich (Santini, 88), Kalinich (Brozovich, 63).

Kosovo – Turkiya 1:4 (1:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 6 Shon, 1:1 – 22 Rraxmani, 1:2 – 31 Under, 1:3 – 60 Yilmaz, 1:4 – 82 To‘fan.
Kosovo – Uykani (Nurkovich, 53), Aliti, Rraxmani, Voyvoda, Pnishi, Kryuezyu, Alushi, Berisha, Zeneli (Berisha, 53), Nuxiu, Avdiyay (Rashitsa, 74).
Turkiya – Bobojon, Gunel, Kaldirim (Keybashi, 85), Suyunju, Topal, Inan, To‘fon, Under, Shon (Mor, 80), O‘zyoqub (Yazidji, 74), Yilmaz.
Ogohlantirishlar: Yilmaz (42), Berisha (66), Alushi (90).
Chetlatish: Berisha (84).

Finlyandiya – Ukraina 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 51 Konoplyanka, 1:1 – 72 Poxyanpalo, 1:2 – 75 Besedin.
Finlyandiya – Gradetski, Lam, Moysander, Oyala, Uronen (Markkanen, 84), Xyamyalyaynen, Yagubi, Arkivuo, Lod (Yyensen, 68), Raytala, Pukki (Poxyanpalo, 68).
Ukraina – Pyatov, Ordets, Matviyenko, Butko, Rakitskiy, Malinovskiy, Stepanenko, Kovalenko (Shepelev, 76), Konoplyanka (Sobol, 87), Yarmolenko, Seleznev (Besedin, 65).
Ogohlantirishlar: Rakitskiy (39), Konoplyanka (55), Kovalenko (58), Yagubi (74), Lam (80), Shepelev (90).

Mavzuga oid
Top