21:50 / 12.06.2017
26300

Jizzaxdagi tumanlar hokimlariga 1 oylik muhlat berildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligi 12 iyun kuni boshlangan videoselektor davomida Jizzax viloyatidagi ahvolni tanqid qilgan, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi qator muammolarni sanab o‘tgan.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, videoselektor davomida prezident Jizzax viloyatidagi 4ta tuman hokimlariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1 oy muhlat bergan.

Bundan avvalroq videoselektorda Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘tayev lavozimidan ozod etilgani ma'lum bo‘lgandi.

Top