07:50 / 13.06.2017
3080

AQSh ma'muriyati Trampning Buyuk Britaniyaga tashrifi ustida ishlamoqda

Foto: AP

AQSh ma'muriyati xodimlari britaniyalik hamkasblari bilan AQSh prezidenti Donald Trampning Buyuk Britaniyaga tashrifi sanasini belgilash ustida ishlashmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser jurnalistlarga ma'lum qildi. 

"Hazrati Oliyalari (qirolicha Yelizaveta II) mamlakatga kelish taklifini uzaytirdi va prezident buni qabul qildi. Biz safar sanasini belgilash bo‘yicha ishlamoqchimiz. Hozircha hech narsa belgilanmagan", deb aytdi Spayser. 

Spayser Vashington va London Trampning Buyuk Britaniyaga safarining "ikki tomon uchun o‘zaro mos keluvchi sanasini belgilab olmoqchiligini" ma'lum qildi. "Biz albatta bu sanani e'lon qilamiz", deb ta'kidlab o‘tgan Spayser. U, shuningdek, matbuotda Tramp Buyuk Britaniyaga tashrifini britan jamoatchiligi tomondan uning tashrifiga salbiy munosabat bildirilishi xavotiri sababli bekor qilishi haqida paydo bo‘lgan axborotni inkor etdi. Spayser mashhurlik xorijiy safarlarda muhim omil hisoblanmasligini ta'kidlab o‘tdi.    

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Vashingtonga kelib, Trampni Buyuk Britaniyaga kelishga taklif qilgandi. Mey Oq uyda AQShning yangi prezidenti bilan uchrashgan ilk xorijiy rahbar bo‘lgandi.    

6 iyunda London meri Sodiq Xon Trampning Buyuk Britaniyaga tashrifini bekor qilish taklifini bildirgandi. Bunga esa Trampning Xonni Londondagi teraktlardan keyin aytgan so‘zlari uchun tanqid qilgani sabab bo‘lgan. 

Top