11:42 / 13.06.2017
7745

Isroil IShID rejalarini bilishda AQShga yordam berdi

Foto: © Fotolia

Amerika razvedkasi isroillik hamkasblari ko‘magida IShID terrorchilari rejalaridan voqif bo‘lishgan. Terrorchilar noutbuklardan samolyotlar uchun bommba sifatida foydalanishni qasd qilishgan, deb yozmoqda The New York Times.

Nashrning Amerika vakillariga tayangan holda yozishicha, Isroilning kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislari "bir necha oy muqaddam Suriyada portlovchi qurilmalarni tayyorlash bo‘yicha uncha yirik bo‘lmagan guruhga qo‘shilishgan". "Shu bilan, AQSh terrorchilarning noutbuk batareyalariga o‘xshash bo‘lgan portlovchi moslamalarni ishlab chiqayotgani va aeroportlardagi tekshiruv tizimlarini "aldashi" mumkinligidan xabar topgan", — deyiladi xabarda. 

Ta'kidlanishicha, bu ma'lumot asosida "AQSh va Buyuk Britaniyada mart oyidan boshlab asosan musulmon aholiga ega 8 mamlakatning 10 aeroportidan samolyot  bortiga yirik elektron qurilmalarni olib chiqish taqiqlandi".

Top