13:47 / 13.06.2017
13434
Olimlar yer yuzida yog‘ingarchilik ko‘payishidan ogohlantirishdi
Foto: Fotolia

Amerikalik olimlar global isish jarayonida Yerning tropik mintaqalarida yog‘ingarchilikning ko‘payishi haqida ma'lum qilishdi. Nature Communications'da shu haqidagi maqola taqdim etildi. 

Olimlarning fikricha, mavjud iqlim modellarida kelgusida yog‘adigan yog‘inlar soni berilgan. Bu modellarda atmosferadagi issiqlikni o‘ziga tortuvchi tropik bulutlarning qisqarishi inobatga olinmagan.

Global isish ta'siri ostida bunday bulutlar kamayadi. Yer yuzida harorat oshganda havo oqimlarining global siljishi ro‘y beradi va bu tropik bulutlarning kamayishiga olib keladi. 

Olimlar iqlim modellariga bog‘liq barcha ma'lumotlarni o‘rganib chiqishdi. Ma'lum bo‘lishicha, ularning aksariyatida harorat isishi natijasida yog‘inlarning ko‘payishi inobatga olinmagan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ular yangi parametrlar yordamida iqlim modellarini yanada takomillashtirishadi. 
 

Top