23:10 / 13.06.2017
10444

Prezident virtual qabulxonasiga sudlar bilan bog‘liq 50 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan

Avval xabar berilganidek bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sud organlarida odil sudlovni ta'minlash masalalari yuzasidan sudyalar hamjamiyati bilan muloqot o‘tkazdi.

Videoselektor davomida Shavkat Mirziyoyev sud tizimida yo‘l qo‘yilayotgan bir qator kamchiliklarga to‘htalib o‘tdi.

Prezident virtual qabulxonaga sudlar bilan bog‘liq 50 mingdan ko‘proq murojaat tushgani, ulardan 24 mingda ziyodi fuqarolik ishlari, 11 ming murojaat esa jinoyat ishlari bo‘yicha ekanini ta'kidlab, jumladan, shunday dedi: “Odamlar tizimdagi kamchiliklardan najot izlab portalga murojaat qilmoqda. Sudya bu chin ma'noda adolat qalqoni bo‘lmog‘i lozim. Chinakam sud hokimiyati  mustaqilligining bugungi holati zamon talabiga mos emas”.

Prezident tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik bugungi kunda davlat boshqaruv organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha insonlar qatori sudyalar faoliyatining ham kundalik qoidasi bo‘lib qolishi darkorligini alohida ta'kidladi.

Mavzuga oid
Top