10:29 / 13.06.2017
54094

Putin: AQSh “Al-Qoida” va bin Lodinni o‘zi yetishtirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti “amerikalik do‘stlar” faoliyati natijasi ekan. U bu haqda rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Film Showtime telekanalida namoyish etilgan.

“Al-Qoida” – bizning faoliyat natijasi emas. Bu bizning amerikalik do‘stlarimiz faoliyati natijasi. Bu Afg‘onistondagi sovetlar urushi davridan boshlangan. O‘shanda amerikalik maxsus xizmatlar islom fundamentalizmining turli yo‘nalishlarini Afg‘onistonda sovetlar qo‘shinlari bilan kurashda qo‘llab-quvvatlashgan. Amerikaliklar “Al-Qoida”, hamda bin Lodinni o‘zlari yetishtirishdi”, dedi u.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, “buning bari nazoratdan chiqib ketdi, hamda bu har doim shunday bo‘lgan”. Uning ta'kidlashicha, “AQShdagilar bu haqda bilishlari kerak edi, bu ularning aybi”.

Top