09:34 / 13.06.2017
7423

Venesuela poytaxtida Oliy sud binosiga o‘t qo‘yildi (foto, video)

Foto: Twitter.com/@teleSURvzla

Venesuela poytaxti Karakasda norozilik namoyishi qatnashchilari Oliy sud binosiga o‘t qo‘yishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlardan ko‘rish mumkinki, binoning birinchi qavati olov domida qolgan, quyuq qora tutun esa butun inshootni o‘rab olgan.

Shuningdek, sud binosi joylashgan Chakao tumanida ommaviy talonchilik holatlari qayd etilgan.

Avvalroq Venesuela Oliy sudi mamlakat bosh prokurori Luiza Ortega Diasning Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning konstitutsiyani qayta yozish bo‘yicha harakatlariga barham berishni so‘rab qilgan murojaatini rad etgandi.

 

Top