09:00 / 14.06.2017
11541

10 yil ham urmasligi aytilgan donorlik yuragi 30 yildirki urishda davom etmoqda

Ko‘chirib o‘tkazilgan yurak bilan eng uzoq vaqt yashayotgan britaniyalik Pol Xeymen uning hayotini o‘zgartirib yuborgan operatsiyaning 30 yillik yubileyini nishonladi. 

49 yoshli britaniyalik 1987 yilda donorlik yuragi ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha qaltis operatsiyani boshdan o‘tkazgan va uning "yangi" yuragi 30 yildirki tinimsiz urmoqda. O‘shanda shifokorlar unga donorlik yuragi bilan 10 yil ham yashay olmasligini aytishgan. Biroq bu tushkun prognozlarga qaramasdan, Pol hamon hayot va o‘zini ajoyib his qilmoqda.

Operatsiyani ser Terens Inglish o‘tkazgandi. O‘shanda Pol salomatligidagi muammolar sababli elektrchi kasbini tashlashga majbur bo‘lgan. Biroq Pol hozirda mutlaq sog‘lom va har yangi kun uchun taqdirga minnatdorchilik bildiradi. Pol ko‘chirib o‘tkazilgan yurak bilan eng uzoq yashayotgan odam hisoblanadi. Bu borada avvalgi rekordchi Jon Makkaferti ismli odam bo‘lgan, u "o‘zga" yurak bilan 33 yil yashagan va 73 yoshida vafot etgan.

"Donorlik yuragi hayot menga inom etgan eng ajoyib sovg‘a bo‘lgan", deb aytadi Polning o‘zi.

Polning hayotini avvalgi va keyingi davrlarga bo‘lgan kun – 1987 yil 17 dekabrda shifokor Inglish agar u operatsiya qilinmasa, Rojdestvogacha (25 dekabrgacha) ham yashay olmasligini aytgan. Pol sog‘lig‘idagi muammolar haqida 15 yoshida xabar topgan – o‘shanda shifokorlar uning yuragi odatdagidan 4 marta kattaligini aytishgan va Pol 3 yil o‘tib operatsiya stoliga yotqazilgan.

O‘shanda shifokorlar yigitga yangi yuragi uning hayotini bor-yo‘g‘i bir necha yilga uzaytira olishini aytishganga qaramasdan, Pol uning oldida haftalar emas, bir necha yillar borligini bilishdan shod bo‘lgan. Pol voz kechishi kerak bo‘lgan yagona narsa sevimli futbol jamoasi o‘yinlarini tomosha qilish bo‘lgan, chunki haddan ziyod hayajonlanish uning hayotiga zomin bo‘lishi mumkin.

Pol shunday kichik jihatlarni hisobga olmaganda, o‘zini mutlaq sog‘lom sezadi va ellik yoshini qarshilashga hozirlik ko‘rmoqda. Otasi bilan yuz bergan voqea Polning qizini shifokor bo‘lishga ilhomlantirgan. Polning o‘zi esa faol fuqarolik pozitsiyasini egallab, donorlik zarurligiga qattiq ishonib keladi.

Mavzuga oid
Top