16:17 / 14.06.2017
22772

Elektr, issiqlik, gaz va suv ta'minoti tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik uchun jazo kuchaytirildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta'minoti tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olish yoki elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisoblab borish uskunalariga atayin zarar keltirish, yoxud hisoblash uskunalariga ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan aralashish, bunday xatti-harakat uchun ma'muriy javobgarlik qo‘llanilanidan so‘ng amalga oshirilsa, eng kam oylik ish haqining yigirma besh barobaridan yetmish besh barobarigacha jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish bilan jazolanadi.

Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta'minoti tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olish yoki elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisoblab borish uskunalariga atayin zarar keltirish, yoxud hisoblash uskunalariga ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan aralashish, jiddiy zarar keltirish holatiga sabab bo‘lgan bo‘lsa - eng kam oylik ish haqining yetmish besh barobaridan bir yuz ellik barobarigacha jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta'minoti tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olish yoki elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisoblab borish uskunalariga atayin zarar keltirish, yoxud hisoblash uskunalariga ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan aralashish, ancha jiddiy zararga olib kelsa, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik barobaridan uch yuz barobarigacha jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki suv ta'minoti tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olish yoki elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisoblab borish uskunalariga atayin zarar keltirish, yoxud hisoblash uskunalariga ularning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida tashqaridan aralashish, juda katta zararga sabab bo‘lgan bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining uch yuz barobaridan besh yuz barobarigacha jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. 

Yetkazilgan moddiy zarar qoplansa ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilmaydi.

Ilk bor jinoyat sodir etgan shaxs, agarda jinoyat aniqlanganidan o‘ttiz kunlik muddat ichida yetkazilgan moddiy zarar qoplab bersa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Top