14:26 / 14.06.2017
18401

Londondagi turar joy binosi yonib ketishi oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan (fotojamlanma)

London shahri o‘t o‘chirish xizmati shaharning sharqiy qismidagi 27 qavatli turar-joy binosida yong‘in ro‘y berishi oqibatida bir necha kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

«Afsus bilan ma'lum qilamanki, qurbonlar bor», — degan xizmati komissari Deni Kotton.

Hozircha qurbonlarning aniq soni ma'lum emas. Ayni vaqtda hududda o‘t o‘chiruvchilar (200 nafar atrofida) ishlashda davom etmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlangan 50 kishi shifoxonalarda qolmoqda.

14 iyunga o‘tar kechasi Grenfell Tower binosida yirik yong‘in chiqdi va tezda boshqa binolarga tarqaldi. 

Mavzuga oid
Top