08:22 / 14.06.2017
13637

Putin sport bilan muntazam shug‘ullanishi va otlardan yiqilganlari haqida so‘zlab berdi

Foto: RIA Novosti

12 iyundan AQShning Showtime kabel telekanali orqali amerikalik rejissyor Oliver Stounning "Putin bilan intervyu" hujjatli filmi namoyish qilinmoqda. Stoun bu hujjatli filmni ikki yil davomida tayyorlagan. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin intervyusida ot minishga qiziqishi va sport bilan muntazam shug‘ullanishi haqida so‘zlab berdi.

"Ha, afsuski, men otlardan yiqilganman. Umbaloq oshganman", deb ta'kidlab o‘tdi Putin.

Putin shuningdek sport bilan yoshligidan shug‘ullanib kelishi va mashg‘ulotlarni hech qachon kanda qilmasligi va to‘xtatmasligi haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, u sport murabbiyiga ehtiyoj sezmaydi. 

"Men go‘yoki o‘z-o‘zimga murabbiydekman. Murabbiylar musobaqalarda ishtirok etmoqchi bo‘lgan odamlarga kerak. Men sport bilan jismoniy tarbiya sifatida shug‘ullanaman. Men 13-14 yoshimdan boshlab butun umrim davomida sport bilan shug‘ullanib kelaman. Muntazam. Hech qachon to‘xtatmaganman", deb aytdi Putin.

Top