11:20 / 14.06.2017
7453

Samaraga qo‘shimcha parvozlar yo‘lga qo‘yildi

Foto: Airways.uz

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK sayyohlik mavsumining boshlanishi munosabati bilan Toshkent-Samara-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab qo‘shimcha parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Parvozlar A320 havo kemasida joriy yilning 2, 16, 30 iyul va 27 avgust kunlari bo‘ladi. Quyidagi jadvalda mahalliy vaqt bilan parvozlar soatini bilish mumkin:

HY 653 Toshkent – 09:10 Samara - 11:30
HY 654 Samara – 13:30 Toshkent - 17:35

Top