00:50 / 15.06.2017
4638

AQSh Federal zaxira tizimi tayanch foiz stavkasini oshirdi

Foto: Chuck Mers / ZUMAPRESS / globallookpress

AQSh Federal zaxira tizimi (FZX) tayanch foiz stavkasini 1-1,25 foizgacha oshirdi. Bu haqda FZX saytida ma'lum qilindi.

May oyida FZX tayanch foiz stavkasini 0,75–1 foiz darajasida saqlab qolgandi.

Avvalroq FZXning ochiq bozorlar bo‘yicha qo‘mitasi a'zolari 2017 yilda tayanch stavkasi yanada oshishini prognoz qilgandilar.

Prognozga ko‘ra, qo‘mita a'zolarining aksariyati 2017 yilda tayanch stavkasi yana ikki marta, 1,375 foizgacha oshishini kutmoqdalar.

Top