15:04 / 15.06.2017
12055

Angliya Superkubogi uchun uchrashuv sanasi ma'lum bo‘ldi

Angliya futbol assotsiatsiyasi Superkubok uchun Premer-liganing amaldagi chempioni «Chelsi» hamda mamlakat Kubogi sohibi «Arsenal» o‘rtasidagi bahs sanasini ma'lum qildi. London derbisi 6 avgust kuni «Uembli» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

«Arsenal» Angliya Kubogi finalida «Chelsi»ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1). APLning birinchi davrasida «kanonirlar» Antonio Konte jamoasini yirik hisobda mag‘lub etgan (3:0), ikkinchi davrada «Stemford Brij»da kechgan bahsda yutqazgan (1:3).

Yakunda «Chelsi» Angliya chempioni bo‘ldi, «Arsenal» esa mavsumni 5-o‘rinda yakunladi.

Top