15:03 / 15.06.2017
6162

Internet tarmog‘ida milliy kontentni yaratish muhokama etilmoqda

Foto: Emaze.com

O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida “Internet tarmog‘ida milliy kontentni yaratishni yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjat muallifi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. 

Hujjatga ko‘ra, Internet tarmog‘ida 2017-2019 yillar davomida milliy kontentni yaratish va rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha Kompleks dastur tasdiqlash taklif etilmoqda. Unda milliy kontent va veb-resurslarni rivojlantirishni rag‘batlantirish va ommalashtirish, ularning tashkiliy, moddiy-texnik va moliyaviy ko‘magi tizimini yaratish; 

Internet tarmog‘ining milliy segmentida foydalanuvchilar zamonaviy talablariga javob beruvchi axborot resurslari, media-mahsulotlar, badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlarni yaratish va rivojlantirish, shuningdek, OAV va Internet-jurnalistikani rivojlantirish;

milliy kontentni milliy va xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda rivojlantirish, milliy ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar faoliyatini takomillashtirish kabi qator chora-tadbirlar belgilangan.

Ushbu qaror loyihasi muhokamasida ishtirok etmoqchi va o‘z fikrlarini qoldirmoqchi bo‘lganlar quyidagi havola orqali kerakli sahifaga o‘tishlari mumkin.

 

Top