12:19 / 15.06.2017
14103

«Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi» filmida rol ijro etgan Aleksey Batalov vafot etdi

Sobiq Ittifoq xalq artisti Aleksey Batalov Moskva shahridagi shifoxonalardan birida vafot etdi. Bu haqda kp.ru sayti aktyorning yaqin do‘sti Vladimir Ivanovga tayanib xabar berdi.

Batalov 88 yoshda edi.

«Aleksey Vladimirovich uyquda hayotdan ko‘z yumdi. Kechqurun uxlashga yotdi, ertalab esa uyg‘onmadi», - degan Ivanov.

2017 yilning yanvarida Batalov oyog‘idan jiddiy jarohat oldi, jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi. Fevralda aktyor shifoxonaga yotqizildi, unda bo‘g‘imlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Batalov may oyi boshida yana Markaziy klinik shifoxonaga olib ketildi.

Aleksey Batalov 1928 yilda tavallud topgan. Aktyor 40 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan. Uning eng mashhur roli esa Vladimir Menshovning «Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi» filmidagi Gosha obrazi edi.

Mavzuga oid
Top