08:44 / 15.06.2017
23862

Putin IShID jangarilari soni haqidagi fikrini bildirdi

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezident Vladimir Putin rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusi filmining 3-qismida IShID jangarilari soni 80 ming kishini, ulardan 30 ming nafarini xorijiy yollanma jangarilar tashkil qilishini aytdi.

"IShID jangarilarining taxminiy soni 80 ming kishi, bundan 30 mingi 80 ta davlatdan, jumladan Rossiyadan kelgan yollanma jangarilardir", deb aytgan Putin.

Avvalroq Putin Rossiya Suriya hukumati o‘z davlati ichidagi munosabatlarni qurishda ba'zi xatolarga yo‘lga qo‘yganini anglashini aytgandi.

Top