00:22 / 16.06.2017
5339

Afg‘oniston poytaxtidagi masjid yonida portlash yuz berdi

Foto: Omar Sobhani / Reuters

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida joylashgan masjid yonida portlash yuz berdi. Bu haqda mamlakat IIV ma'lumotiga asoslanib, “Reyter” agentligi xabar bermoqda.

IIV mazkur voqeani terakt, deya baholagan. Vazirlik vakili Najib Daneshning xabar berishicha, portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar bor. Hodisa joyiga politsiya xodimlari yuborilgan.

Tolo News telekanalining ma'lum qilishicha, portlashdan so‘ng otishma ovozlari eshitilgan.

Top