10:42 / 16.06.2017
9003

BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga yangi davlatlar a'zo bo‘ldi

BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida Ruminiya, Daniya va Kanada BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining yangi a'zolariga aylandi. Bu haqda kengash prezidenti Frederik Shava Twitter ijtimoiy tarmog‘ida xabar bergan.

1945 yilda ta'sis etilgan kengash – BMTning eng asosiy organlaridan biri bo‘lib, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik hamda ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Kengash faoliyati doirasiga iqtisodiy va ijtimoiy rivojga ko‘mak berish, jumladan, hayot darajasini oshirish, bandlik muammosini hal etish va madaniyat hamda ta'lim sohasidagi halqaro hamkorlikka yordam ko‘rsatish kiradi.

Kengashning 54 a'zo davlati BMT Bosh Assambleyasi tomonidan saylanadi. Bu tashkilotda 14 o‘rin Afrika davlatlariga ajratilgan bo‘lsa, 11 – Osiyo mamlakatlari uchun, olti – sharqiy Yevropa davlatlari uchun, 10 – Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlariga hamda 13 o‘rin – g‘arbiy Yevropa davlatlariga ajratilgan.

Top