08:46 / 16.06.2017
7662

Buxoroda 18 yoshli yigit 2,2 mln so‘m va 800 dollarni o‘g‘irlab ketdi

Buxoro shahar Shoaxsiy ko‘chasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan Sh.Yuning uyiga noma'lum shaxs kalit tanlash yo‘li bilan kirib, u yerdan 2.200.000 so‘m puli va 800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash va unga qonuniy jazo berilishini so‘rab fuqaro Sh.Yu ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat etgan. Ushbu arizaga asosan tezkor tergov guruhi tashkil etilib, o‘g‘ri Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi 1999 yilda tug‘ilgan A.Yu ekanligi aniqlanib, ushlangan. 

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.   

Top