12:17 / 16.06.2017
17283

Chilonzor tumanida yana bir fohishaxona aniqlandi

2017 yilning 13 iyun kuni taxminan soat 16:00 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sardor Umarov (anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) Chilonzor tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 50.000 so‘m pul evaziga fuqaro «D» va «R» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB. 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

Top