15:32 / 16.06.2017
19345

«Real»da Ronalduning ketishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

«Real» Krishtianu Ronalduni olib qolish uchun barcha choralarni ko‘radi.

Marca nashrining tasdiqlashicha, Portugaliyadagi A Bola nashri tarqatgan, Ronaldu jamoa prezidenti Florentino Peresga o‘zining klubdan ketmoqchiligi haqidagi xabar asosga egadir.

Portugaliyalik futbolchi Ispaniyada o‘zini soliqchilar va prokuratura tinch qo‘ymayotgani tufayli mamlakatdan butunlay ketmoqchi.

Ispan grandi klubdagilarning olib borajak harakatlari futbolchining qarorini o‘zgartirishiga sabab bo‘lishiga umid bildirmoqda, u «Real»da muxlislarni quvontirishda davom etishini istashmoqda. 

Shu bilan birgalikda «Real» hech bir futbolchisini uning irodasiga qarshi tarkibda ushlab qolmasligi qayd etilgan. Agar ish futbolchining transferigacha borib yetsa, transfer pulini klub belgilaydi, bu miqdor esa 400 mln yevro atrofida bo‘ladi.

Manba Ronaldu «Real»dan ketadigan bo‘lsa,  «Manchester Yunayted» yoki «PSJ» safiga borib qo‘shilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Ronaldu «Real»dan ketmoqchi, Peres bundan xabardor

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Ispaniyada 2011 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan muddat davomida jami 14,7 mln yevro miqdoridagi soliqni to‘lamagan. Matbuotda Ronaldu o‘z imij huquqi orqali topilgan mablag‘larni 2010 yilda o‘zi tomonidan tashkil etilgan fond orqali yashirgani haqida yozilmoqda. Futbolchi Ispaniyadagi huquq-tartibot organlari tomonidan jami 4ta jinoyatni sodir etishda ayblanmoqda va unga bu uchun 5 yildan 7 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Top