13:47 / 16.06.2017
12364

RF mudofaa vazirligi: IShID yetakchisi Rossiya zarbasi sabab yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin

Foto: Reuters

IShID terrorchilik tashkiloti yetakchisi Ibrohim Abu-Bakr al-Bag‘dodiy Rossiya HKK zarbasi natijasida halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligidan ma'lum qilindi.

«Turli kanallar orqali tekshirilayotgan ma'lumotga ko‘ra, yig‘ilishda (uning ishtirokchilariga Rossiya HKK zarbasi berilgan – tah.) IShID yetakchisi Ibrohim Abu-Bakr al-Bag‘dodiy ham bo‘lgan, u zarba natijasida yo‘q qilingan», - deya xabar berishdi mahkamada.

Avvalroq Suriyaning Dayr az-Zor viloyatidagi Al-Mayadin shahri IShIDning yangi «poytaxtiga» aylangani haqida xabarlar tarqaldi.

Top