23:36 / 16.06.2017
9616

Saudiya Arabistoni Qatarga "shikoyatlar" ro‘yxatini taqdim qilmoqchi

Foto: RIA Novosti

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Qatarga yaqin orada shikoyatlar ro‘yxatini taqdim qilishini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

"Men bularni shartlar deb atamagan bo‘lardim. Men buni Qatarga yuborishimiz va qatarliklar hal qilishi kerak bo‘lgan shikoyatlar ro‘yxati deb atagan bo‘lardim", deb aytdi al-Jubayr.

Uning aytishicha, ro‘yxatni tuzish ustida Bahrayn, BAA va Misr birgalikda ishlamoqda va yakuniy natija tez orada tayyor bo‘ladi.

Ma'lum qilinishicha, al-Jubayr Qatarni terrorchilik va ekstremizmni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtashishga chaqirgan.  

Top