12:09 / 16.06.2017
27322

Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi 

Foto: O‘zA

Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017 yil 15 iyundagi buyrug‘iga muvofiq adliya maslahatchisi Ravshan Rajabbayevich Masharipov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan Sirdaryo viloyat prokurori lavozimiga 5 yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay'ati raisi etib tasdiqlandi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq o‘tgan yilning martidan Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Sherzod Obloqulov Toshkent shahar prokurori etib tayinlangani haqida xabar bergandik.

Top