8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

14:07 / 17.06.2017 4006

Axborot texnologiyalari vazirligi joriy yilda 5 mingdan ortiq murojaatni qabul qildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasi O‘zbekistonda eng yirik auditoriyaga xizmat ko‘rsatuvchi tizimlardan biri hisoblanadi. Jumladan, 21,5 million nafar mobil aloqa, 16 million nafar internet, pochta va raqamli televideniye, simli telefon aloqasi foydalanuvchilariga sifatli xizmat ko‘rsatish soha oldidagi dolzarb vazifa, deb xabar bermoqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tabiiyki, u yoki bu xizmat bo‘yicha foydalanuvchilar kunora sohaga daxldor muammo yoki masalaga duch kelishadi. Jumladan, 2017 yilning boshidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 5151 ta fuqaro murojaatlari kelib tushgan. Ulardan 4500 ta murojaat qayta ishlangan, fuqarolarni qiynayotgan masala va muammolar yaqindan o‘rganilib hal qilingan. Shuningdek, ayni paytda 250 ta murojaat o‘rganish jarayonida turibdi. Vazir va vazir o‘rinbosarlari tomonidan 8 ta viloyatda cayyor qabullar o‘tkazilib, 85 tadan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning masalalari qabullar chog‘ida ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning 3858 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, 920 ta murojaat Vazir virtual qabulxonasi, 320 tasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, 53 tasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch telefoni orqali kelib tushgan.

Vazirlik hududlarda aholini qiynayotgan masala va tizimda mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishda muammolarning joylarda hal qilinishiga diqqatini qaratmoqda. 

Xususan, hududlarda Xalq qabulxonalarining tashkil qilinishi evaziga murojaatlar ular orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri soha korxonalariga kelib tushmoqda. Bu murojaatlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil qilinishi sohaning hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar va mas'ul xodimlarining bilim-ko‘nikmasiga daxldor.

Shu munosabat bilan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘z tizimidagi muassasalarning hududiy bo‘linmalari uchun qabul qilinayotgan murojaatlar, jumladan Xalq qabulxonalari orqali kelib tushayotgan murojaatlar bilan samarali ishlashni tashkil qilishga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlarni tashkil etmoqda.

Top