13:46 / 17.06.2017
7769

"Milan" Donnarumma borasida "Real"ga talab qo‘ydi

"Milan" klubi o‘z darvozaboni Janluiji Donnarummani xarid qilmoqchi bo‘lgan "Real Madrid"ga yangi talab qo‘ydi. Bu haqda AS xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, milanliklar "Real"dan kelishuvga madridliklarning asosiy darvozaboni Keylor Navasni qo‘shishni so‘ramoqda. 

Avvalroq, 18 yoshli Donnarumma "Milan"ning shartnoma uzaytirish borasidagi taklifini rad etgani xabar qilingan edi. Darvozabonning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar belgilangan. 

Top