10:31 / 17.06.2017
4111

Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2017 yil 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerik Utembayyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda oliy va yuqori darajalardagi O‘zbekiston-Qozog‘iston uchrashuvlari chog‘ida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Top