10:23 / 17.06.2017
7883

O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyaga taklif etildi

2017 yil 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkmaniston Favqulodda va Muxtor Elchisi Shiri Shiriyev hamda Afg‘oniston Islom Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, uchrashuvda ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi uch davlat hamkorligining dolzarb jabhalari muhokama qilindi. 

Elchilar Turkmaniston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari nomidan O‘zbekiston tomoniga Ashxobod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikka bag‘ishlangan 7-konferensiyaga rasmiy taklifnomani taqdim yetishdi.

Top