10:57 / 17.06.2017
11467

Virginiyalik merganda 6 nafar respublikachining ismi yozilgan ro‘yxat bo‘lgan

Foto: Reuters

AQSh tergovchilari amerikalik kongressmenlarga o‘q uzgan erkak yonidan kongressda respublikachilar partiyasidan vakil bo‘lgan olti nafar shaxsning ismi yozilgan ro‘yxatni aniqlashdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bergan.

Chorshanba kuni 66 yoshli Jyeyms Xojkinson Virginiya shtatining Aleksandriya shahrida beysbol o‘ynayotgan kongressmenlar guruhi va ularning yordamchilarini soyli miltiqdan o‘qqa tutdi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi jarohatlandi, ular orasida vakillari palatasidagi respublikachilar fraksiyasi koordinatori Stiv Skaliz va ikki politsiyachi bor. Hujum qilgan shaxs politsiya bilan otishma paytida yaralandi hamda keyinchalik shifoxonada vafot etdi.

Telekanalning xabar berishicha, qo‘lda yozilgan ro‘yxatda Tennesi, Arizona, Janubiy Karolina, Ohayo, Virginiya va Alabama shtatlaridan bo‘lgan respublikachi-konservatorlarning kongressdagi vakillari nomi bo‘lgan. Jabrlanganlardan hech biri jinoyatchining ro‘yxatida bo‘lmagan.

 

Mavzuga oid
Top