18:39 / 17.06.2017
8544

Janubiy Koreya hukumati videoo‘yinlar haqidagi qonunlarni nega kuchaytirmoqda?

OAV ma'lumotiga ko‘ra, 21 iyun kuni Janubiy Koreyada multipleyer o‘yinlarda, jumladan, League of Legends, Overwatch va Starcraft’da chit-kodlar va modifikatsiyalardan foydalanishni taqiqlovchi yangi qonun kuchga kiradi. Bu farmon mamlakat hukumati tomonidan so‘nggi yillarda videoo‘yinlar yangi qonunchilik to‘siqlari bilan o‘rab qo‘yilganining mantiqiy davomiga aylanadi. 2000-yillar boshida hukumat mamlakatda videoo‘yin sanoatini rivojlantirish bo‘yicha bosh tashabbuschiga aylandi, biroq 2011 yildan videoo‘yinlarga ancha qattiq munosabatda bo‘linmoqda.

Farmonlar nafaqat byudjyetga millionlab dollar keltiruvchi kibersport musobaqalarini qamrab oladi, balki oddiy multipleyerli videoo‘yinlarni ham nazarda tutadi – o‘smirlarga tunlari ularni o‘ynashi taqiqlanmoqda. 

Bir tomondan bunday siyosat hukumatni yosh yigitlarning videoo‘yinlarga qaramligidan ozod etsa, boshqa jihatdan - MOBA va MMORPG’ning qonunchilik qamrovi hukumatning kibersportni xalqaro sport intizomlariga moslashtirish rejasi bilan bog‘liq.

Ommaboplik sabablari

O‘yin sanoatida Janubiy Koreyada kibersportning rivoji bo‘yicha ko‘plab taxminlar bor, ularning bari 1990-yillarga borib taqaladi. Mamlakat hukumati Osiyoda ro‘y berayotgan iqtisodiy inqirozga javob tarzida telekommunikatsiyalar va internetni rivojlantira boshladi. O‘sha yillarda multipleyerli videoo‘yinlar ham ommalashdi: Doom, Quake, Starcraft – so‘nggi videoo‘yin janubiy koreyalik minglab o‘smirlar o‘rtasida favorit bo‘ldi.

Kompyuterlar hamon qimmat narsa edi, biroq kompyuter klubiga ko‘pchilik borishi mumkin edi. Hukumat kompyuter klublarini to‘la moliyalashtirgan.

2000 yilda hukumat StarCraft professional o‘yinchilari ittifoqi - KeSPA’ni tashkil qildi. Assotsiatsiya pul mukofotlari bo‘lgan musobaqalar o‘tkazgan, keyin esa kibersportchilar va reklama beruvchilar o‘rtasidagi yirik vositachiga aylandi.

Kibersportning rivojiga televizor orqali musobaqaning reklamasi va o‘yinlar translyatsiyasi turtki berdi. Hukumatning koreyalik magnatlar bilan o‘zaro ishi tufayli bu soha milliy xobbiga aylandi. 

Vaqt o‘tgani sari Janubiy Koreyada internet klublar yangi shaklga kirib bordi. Ular faoliyatni davom ettirish maqsadida o‘yinchilarga, agarda ular klub kompyuteridan kirishsa, o‘yinlarda bonuslar taklif eta boshlashdi.

Biroq bu o‘zgarishning salbiy tomoni ham bor edi. Yosh yigitlar videoo‘yinlarga qancha ko‘p vaqt ajrata boshlagani (ba'zida kuniga 10 soat) sari, bu hukumatning tashvishiga sabab bo‘la boshladi.

«Zolushka qonuni»

2011 yilda hukumat o‘smirlarda videoo‘yinlar mashhurligiga chek qo‘yish maqsadida radikal chorani ko‘rdi. 16 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga tarmoq videoo‘yinlarini kechki soat 12 dan ertalabki soat 6 ga qadar o‘ynash taqiqlandi. 

Qonun hukumatning o‘zi tomonidan yaratilgan soha – kompyuter klublariga zarba berdi. Muassasalar menejyerlaridan o‘smirlarni kompyuterxonalarga yarim kechasidan keyin kiritmaslik talab etildi.

Farmon konsolli yoki mobil o‘yinlarga tegishli bo‘lmadi, biroq o‘smirlar bunday o‘zgarishdan hayratga tushishdi. Bolalarning aksariyati o‘yinlarni shunchaki qiziqish tufayli o‘ynagan bo‘lsa, ular bilan birga, boshlovchi kibersportchilar ham bu farmondan aziyat chekishdi.

Biroq qonun samaradorligi savol ostida qoldi. 2013 yilda janubiy koreyalik tadqiqotchi Xvan U Sok Janubiy Koreyaning 470 ming aholisi internet-o‘yinga qaramlikdan aziyat chekishi haqida ma'lum qildi. 

Mamlakatning turli qismlarida xususiy klinikalar ochila boshlandi. 2015 yilda esa Business Insider Janubiy Koreyaning 10-19 yoshidagi har o‘ninchi fuqarosi internet-qaramlikdan aziyat chekishini xabar berdi.

Kibersportdagi korrupsiyaga qarshi kurash

2016 yilda janubiy koreyalik taniqli o‘yinchi Starcraft II Li «Life» Sun Xenni pora olish va musobaqada atayin yutqazib berishda aybdor, deb topishdi. Xenga ikkita uchrashuvda imkoniyatni boy berishi uchun 60 ming dollar va'da qilishgan. U bilan aloqaga chiqqan brokerlar ayyorlik bilan ish tutishdi – ular final uchrashuvini emas, balki qiymati unchalik katta bo‘lmagan bosqichlarda yutqazib berishni so‘rashgan.

Xendan tashqari pora bo‘yicha ishga sakkiz kishi jalb etildi. Sud Xenni uch yillik qamoqqa mahkum etdi, keyinchalik bu muddat 9 oyga qadar qisqartirildi.

2017 yilning aprelida kiberjinoyatchilik bilan kurash bo‘linmasi politsiyachilari Luminous Solar jamoasi menejyeri va murabbiyini kelishuv munosabatlariga aralashganlikda aybladi. Ularning fikricha, jamoa raqibi UnLimited bilan bahs qanday yakun topishini avvaldan hal qilgan. Natijada Luminous Solar bir qator nufuzli musobaqalardan butunlay chetlatildi.

G‘irrom o‘yin bilan kurash

MOBA-videoo‘yinlar mualliflari g‘irrom o‘yinlar haqida ko‘plab shikoyatlar qabul qilib oladi. Muammo bir yil avval – Overwatch chiqqanidan so‘ng yuzaga keldi. Janubiy Koreyada Blizzard studiyasi loyihasi tezlik bilan ommalashdi.

2017 yilning 26-31 yanvar kuni Blizzard chit-kodlarni ishlatgan uch ming foydalanuvi sahifasini yopib qo‘ydi. Biroq bu muammoni hal qilmadi. Amerika kompaniyasi bilan sheriklik kelishuvi tufayli, kompyuter klublarida Overwatch ishlovchi Battle.net’da son-sanoqsiz yangi sahifalarni yaratish imkoni bor.

Qolgan davlatlarda esa kishilar sahifani faqatgina Overwatch uchun 40 dollar to‘lab ochishlari mumkin. Jinoyatchilar aynan shundan foydalanishdi: ular VPN yordamida sahifalar ochishdi. Shundan so‘ng chit-kodlar yoki boshqa modifikatsiyalarni yuklab olishdi hamda oddiy o‘yinchilarni yo‘qotib borishdi.

2017 yilning fevralida Blizzard Overwatch, StarCraft va Diablo 3’da g‘irrom o‘yin bilan kurash bo‘yicha yangi siyosatni ishlab chiqdi. Klublar foydalanuvchilariga o‘yin uchun Janubiy Koreyadagi sahifasidan ro‘yxatdan o‘tish majburiyati yuklandi. Gap shundaki, koreyalik sahifalar foydalanuvchi haqida shaxsiy ma'lumotlarga ega. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilning 21 iyun kuni Janubiy Koreyada ko‘p foydalanuvchilarga ega o‘yinlarda chit-kodlar va qaroqchi serverlaridan foydalanishni taqiqlovchi qonun kuchga kiradi. 

Mavzuga oid
Top