12:36 / 17.06.2017
11164

"Zenit" "Barselona" futbolchisini xarid qilmoqchi

"Zenit" "Barselona" bilan kataloniyaliklar hujumchisi Munir El-Haddadining transferi borasida muzokaralar boshladi. Bu haqda TMW xabar berdi.

21 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni ijara asosida "Valensiya"da o‘tkazdi. May oyida ispaniyalik hujumchi jamoani tark etib, "Barselona"ga qaytmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

2016/17 yilgi mavsumda El-Haddadi Ispaniya chempionatida 34ta o‘yin o‘tkazib, 6ta gol va 3ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

Top