17:54 / 17.06.2017
9096

Jizzaxlik muhtoj oilalarga Prezidentning moddiy yordami yetkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatning turli hududlarida yashovchi kam ta'minlangan oilalarga ma'naviy va moddiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Bu kabi chora-tadbirlar keng ko‘lamda olib borilmoqda.

Ana shunday xayrli tadbirlardan biri Prezident topshirig‘iga asosan joriy yilning 17 iyun kuni Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tdi. Viloyat aholisining kam ta'minlangan hamda mehnatga layoqati chegaralangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 80 ga yaqin kishiga tikuv mashinalari, nogironlar aravachalari, eshitish apparatlari, hassalar, davolanishga bepul yo‘llanmalar hamda 150 million so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. 

Bundan avval Samarqand viloyatida ham mazkur xayriya tadbiri bo‘lib o‘tgan edi.

Mavzuga oid
Top