15:31 / 18.06.2017
7885

Afg‘onistonda IShIDning 22 jangarisi yo‘q qilindi

Foto: AP

Afg‘on armiyasining Nangarxar provinsiyasidagi maxsus operatsiyasi natijasida Pachiragam va Chaparxar hududlarida 22 nafar IShID jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vaziri Tarix Shox Bahromiyning jurnalistlarga bergan ma'lumotiga asoslanib, "Anadolu" agentligi xabar berdi

"Pachiragam uyezdidagi strategik muhim hudud hisoblangan Tora Bora IShID terrorchilaridan tozalandi. Bu tuman sobiq "Al-Qoida" rahbari Usoma bin Lodinning haqiqiy tayanchi hisoblangan. Jangda 10 nafar jangari yaralandi", - dedi vazir. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida yuzlab afg‘on oilalari o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lishgan.

Top