23:51 / 18.06.2017
4920

Erdo‘g‘an Turkiya iqtisodiyotidagi barcha yomon narsalar ortda qolganini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya iqtisodiyotida "barcha yomon narsalar ortda qolganini" ta'kidlab o‘tdi, deb xabar bermoqda Hurriyet nashri.

Uning aytishicha, mamlakat iqtisodiyotida, jumladan mamlakat eskporti va uning ichidagi iste'mol borasida yaxshi o‘zgarishlar yuz bergan.

"Turkiyaga eksport 5 oy ichida o‘tgan yilga nisbatan eksportchilarimizning ajoyib yutuqlari evaziga 8,9 foizga oshgan", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning aytishicha, eksport Turkiya yalpi ichki mahsuloti o‘sishi uchun yana "motor"ga aylandi, vaholanki YaIM oxirgi 5 chorakdan beri sekin-asta kamayayotgan edi.

"Men yomon narsalarni ortda qoldirganimizga ishonaman. Biz barcha sohalarda barqaror o‘sishni namoyish qilmoqdamiz", deb ta'kidlab o‘tdi prezident.

U, shuningdek, mamlakatda joriy fevral oyidan boshlab 1,2 mln ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top